Toshkentda 23 yoshli fuqaroni urib, unga tan jarohati yetkazgan erkak va ayol ushlandi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
3-avgust kuni taxminan soat 6:30 da Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida 27 yoshli Abduqodir I. va 25 yoshli Sogdiana R. jamoat joyida 23 yoshli Nasibaxon Y.ga hujum qilib, unga tan shikastlari yetkazgan.
Natijada jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun murojaat qildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida Abduqodir I. va Sogdiana R. poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)