Minglab abituriyentlarni qiziqtirayotgan ushbu masalaga huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev izoh berdi.
“Olgan ma’lumotlarimga ko‘ra, Qurbon Hayiti munosabati bilan 11-avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga, aniqrog‘i hududlarda test sinovlari tugagan kunning ertasi kuniga ko‘chiriladi. Hozirda mazkur masala hukumat doirasida ko‘rib chiqilmoqda va tez orada rasmiy qaror e’lon qilinishi kutilmoqda.
Boshqa kunga ko‘chirish jarayonlari faqat 11-avgust kuni testga kiradigan abituriyentlarga taalluqli bo‘ladi. Boshqa kundagilar o‘zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kirishi rejalashtirilmoqda”, — deb yozadi huquqshunos.
Izoh (0)