• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Termizda cho‘pon kashf etgan yodgorlikni bilasizmi?

    Qum barxanlari ostida qolib ketgan Fayoztepa yodgorligining kashf etilishi termizlik cho‘pon Absad Baknayev hayoti bilan bevosita bog‘liq. Bu yodgorlikning kashf etilishi haqidagi maqola bilan O‘zA bo‘lishdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Termiz shahri yaqinidagi Eski shahar xarobalarining shimoli-g‘arbiy qismida — Fayoztepa yodgorligi milodiy I—III asrlarga oid vixara tipidagi buddaviylik monastir-ibodatxonasi hisoblanadi.

    Qadimshunoslarning o‘rganishlariga ko‘ra, bu yerdagi monastir maydonidagi xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilgan. Monastirda o‘quv xonalari, zallar, ziyoratchilar to‘xtab o‘tadigan yotoqxonalar bo‘lgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritgichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida budda haykallari va ularni o‘rnatish uchun supa-tagkursilar qurilgan.

    Arxeolog-olimlarning fikricha, diniy marosimlar to‘xtagan vaqtda monastir sajdagohlarida rohib va talabalar, ziyoratchi-sayyohlar markaziy ibodatxonada o‘z ibodatini amalga oshirgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qum barxanlari ostida qolib ketgan Fayoztepa yodgorligining kashf etilishi termizlik cho‘pon Absad Baknayev hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Cho‘pon 51 yil muqaddam bahor faslida Eski Termiz hududidagi yaylovda chorva mollarini boqib yurganida ko‘chma qum ustida yotgan antiqa topilmaga duch kelib qoladi. Uni Termiz o‘lkashunoslik muzeyiga topshiradi. Topilma mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanami bo‘lib chiqadi.

    Ana shu topilma sabab bo‘lib, mazkur yodgorlik arxeolog L.I.Albaum tomonidan o‘rganiladi. Fayoztepa maydoni uchma qumlar uyumidan tozalangach, uning me’moriy tarhi ochilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qadimshunoslar Fayoztepani atroflicha o‘rganib, uning uch qismdan iborat monumental inshoot, ya’ni markaziy qismi to‘g‘ri to‘rtburchak ayvon hovlili ibodatxona va uning atrofi bo‘ylab joylashgan 20 ta xonadan iborat buddaviylik monastir-ibodatxonasi bo‘lgan noyob yodgorlik ekanini aniqladi. Qadimshunoslar binoning shimoli-g‘arbida monastir, janubi-sharqida xo‘jalik qurilish inshootlarini topgan. Yodgorlikning umumiy uzunligi 117 metrga, kengligi 34 metrga teng bo‘lgani aniqlangan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming metr-kvadratga yaqin bo‘lib, u Eron sosoniylarining bosqinchiligi natijasida xarobaga aylanib qolgan.

    Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri – stupa bo‘lib, u boshqa ibodatxonalardagiday, hovlining o‘rtasida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagohning to‘g‘risida joylashgan. Budda ibodatxonasining eng asosiy sajdagohi hisoblangan stupada dastlab budda va eng yaqin avliyolarining narsalari saqlangan. Keyinchalik stupalar ostiga budda haykallari, muqaddas kitoblar ko‘milgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Stupalarning gumbazsimon uslubda qurilishi koinot ramzini ifodalagan. Stupalar usti tilla suvli naqshlar, tag qismlari kapitellar bilan bezatilgan. Fayoztepa stupasi muqaddas sajdagoh g‘isht to‘shalgan yo‘lakcha bilan bog‘langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida budda haykallari joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo‘ylab balandligi to‘rt metr keladigan budda haykallari qo‘yilgan. Ko‘pchilik haykallar qizil rang bilan bo‘yalib ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh janubiy devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning ikki tomonidan uzun kiyim kiygan ikki odam tasviri tushirilgan.

    Fayoztepa haykallari orasida buddaning ganchdan yasalgan bosh qismi e’tiborni tortadi. Tutamlangan qop–qora sochlari, fusunkor chehrasi unga go‘zallik bag‘ishlaydi. Kushon madaniyati tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis, akademik B.Ya.Staviskiy buddaning bunday ishlanishi kushonlar davri yodgorligida birinchi marta uchragan noyob topilma ekanini alohida ta’kidlagan. Ushbu sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan nodir san’at asari – triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga o‘ralgan budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida o‘tiribdi. Ikki yonida tik turgan rohiblar unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagohda Kushon podsholaridan Kanishka va Vasudevalarning tangalari topilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ibodatxona hovlisi devorlar bo‘ylab yaxlit ayvon bilan o‘ralgan. Ayvon devorlari rang–barang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Ayvon osti bo‘ylab supa joylashgan.

    – Eski Termiz shahar xarobalarining shimoli-g‘arbida Qoratepadan 1 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Fayoztepa noyob tarixi va arxeologik topilmalari bilan dunyo ahlini lol qoldirmoqda, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimi, arxeolog-tadqiqotchi Z. Alimardonova. – Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailand va boshqa turli davlatlardan ko‘hna Termizning buddaviylik obidalarini ko‘ramiz, deb kelayotgan sayyohlarning soni ko‘paymoqda. 2000 ming yil avval bu yerda barpo etilgan Fayoztepa ibodatxonasi, bundan yigirma asrlar muqaddam budda dinining markazi bo‘lgan Termiz dunyoga quchoq ochib, dunyo ahlini o‘z bag‘riga chorlamoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shunday qilib, yarim asr ilgari cho‘pon bobo topib olgan budda sanami mutaxassislar e’tiborini tortgan qadimiy yodgorlik endilikda mahalliy va xorijlik arxeologlar hamda sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yurtimizning boy tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qazish ishlari natijasida bu yerdan topilgan budda haykallari, sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, ohaktoshdan ishlangan me’moriy bezaklar, sopol chiroqdon kabi buyumlar sayyoramizning turli hududlaridan kelayotgan turistlarda boy taassurot uyg‘otmoqda.

    Joriy yilning 22—27-avgust kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” Meros haftaligi ishtirokchilari Fayoztepa yodgorligi bilan ham yaqindan tanishib, o‘tmishdagi ajdodlarning hayot tarzi va hududning rivojlanish bosqichlari haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ladi.

    05.08.2019, 11:35   Izoh (0)   36864
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi

    05.08.2019, 11:22

    Samarqandda 7 qavatli avtoturargoh barpo etilmoqda

    05.08.2019, 08:36

    Shavkat Mirziyoyev 5-avgustdan mehnat ta’tiliga chiqdi

    05.08.2019, 08:25

    Shanba-yakshanba kunlari ishlaydigan “pasport stoli” xodimlari uchun haftaning ish kunlarida dam olish imkoniyati taqdim etilgan

    05.08.2019, 08:10

    Shavkat Mirziyoyev Trampga hamdardlik bildirdi

    05.08.2019, 07:15

    Andijon viloyat hokimligi Xonobodda korxona-tashkilot xodimlari majburiy mehnatga jalb etilganini rad etmoqda

    04.08.2019, 23:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.