“Urgut savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidagi 1,25 gektar maydonda 4 qavatli savdo majmuasi va unga tutash 7 qavatli avtoturargoh qurilmoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Tumandagi “Afsona plast prestij” MChJ, “Big stroy building” qo‘shma korxonasi xitoylik hamkorlar bilan birgalikda bunyod etayotgan bu inshootning loyiha qiymati 131,7 milliard so‘mni tashkil etadi.
Savdo majmuasida 670 ta do‘kon faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. 7 qavatli avtoturargohda bir vaqtning o‘zida 14 mingdan ortiq avtomobil joylashishi imkoniyati yaratiladi.
Izoh (0)