UEFA rasmiy sayti “Liverpul” va “Chelsi” o‘rtasidagi Yevropa Superkubogi uchrashuvida ishlaydigan hakamlar nomini ma’lum qildi.
“Liverpul” – “Chelsi” uchrashuvi 14-avgust kuni Istanbuldagi “Vodafon Arena”da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” ortda qolgan mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, “Chelsi” Yevropa Ligasida zafar quchdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)