• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yolg‘onchi, yolg‘onchi va yana yolg‘onchi. Jahon futbolining va’dasiga vafo qilmagan 5 futbolchisi haqida

    Ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi futbolda ham shaxslar o‘z fikrlariga qarshi gapirib turadi. Jumladan, futbolchilar boshqa jamoaga o‘tmayman deya turib, oradan hech qancha vaqt o‘tmay boshqa klub ramzini o‘pgan holatda suratga tushadi. Quyida jahon futbolining yaqin o‘tmishdagi va’dasiga va’fo qilmagan 5 futbolchisi haqida gaplashamiz.

    Gael Klishi

    Foto: FourFourTwo

    Foto: FourFourTwo

    “Arsenal”dan to‘p surgan Gael Klishi vaqtida jamoadoshlari — Kolo Ture hamda Emmanuel Adebayorning “Manchester Siti”ga o‘tib ketganining guvohiga aylanib, ularni yaxshigina tanqid qiladi. U bunday futbolchilarni futbolni emas, balki pulni tanlab jamoadan ketganlikda ayblab chiqadi:

    “Agar futbolchi faqat va faqat pul haqida o‘ylasa, u ertami, kechmi baribir “Manchester Siti”da paydo bo‘ladi. Tanlash lozim: yoki sen katta klubda o‘ynashda davom etib, o‘zingga bo‘lgan hurmatni saqlab qolasan, yoki shunchaki yaxshi klubda o‘ynab, mo‘maygina pul topasan. Axir kimgadir haftasiga 300 ming funt maosh taklif qilish, qandaydir ahmoqgarchilikdan o‘zga narsa emas”, — deydi Klishi.

    Shu gaplarni aytganidan ikki yil o‘tib, qahramonimiz ham “Manchester Siti”ni tanlaydi. Va jamoa bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritadi.

    Samyuel Eto’O

    Foto: FourFourTwo

    Foto: FourFourTwo

    2005-yil Londonning “Chelsi” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi pley-offida “Barselona” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar hujumchisi Samyuel Eto’O London klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yoniga kelib, uning boshqaruvidagi jamoaga hech qachon o‘tmasligini ma’lum qiladi.

    “Mourinyo qo‘l ostidagi jamoaga hech qachon o‘tmayman. U o‘zini tutishi bilan so‘nggi ikki o‘yinimizni rasvo qildi”, — degandi keyinroq Samyuel.

    “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan kamerunlik futbolchi Mourinyoning tez orada o‘z qishlog‘ida “yong‘oq” sotishini, va London klubini uzoq boshqara olmasligini ham ta’kidlagandi. Keyinchalik esa futbolchi portugaliyalikni, yaxshi inson va buyuk murabbiy sifatida tilga oladi.

    Oradan bir muncha vaqt o‘tib, Eto’Oning lug‘at boyligida “hech qachon” so‘zi boshqa ma’no anglatishi ma’lum bo‘ladi: futbolchi 2009-yil “Inter”ga o‘tadi. Milan klubida esa Mourinyo bosh murabbiy etdi. Samyuel birinchi mavsumning o‘zida Mourinyo qo‘l ostida trebl qayd etishga muvaffaq bo‘ladi. 2013-yil Eto’Oni taqdir “Chelsi”ga yetaklaydi. Ne ajabki, London klubida yana Joze bosh murabbiy edi…

    Samir Nasri

    Foto: FourFourTwo

    Foto: FourFourTwo

    2011-yil Angliya Liga Kubogi finalida “Birminhem”ga qarshi o‘yin oldidan “Arsenal” yarim himoyachisi Samir Nasri muxlislarga qarata shunday deydi: Men “Arsenal”ga sovrinlar yutish uchun kelganman, shunday ekan sovrinsiz hech qayerga ketmayman”.

    Buni qarangki, Yevropa Chempionlar Ligasida “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan “Arsenal” ichki birinchilikka bor e’tiborini qaratib, oxirda hech narsasiz qoladi. Angliya Kubogi “Manchester Yunayted”ga, Liga Kubogi esa “Birminghem”ga boy berildi.

    Yozgi transferlar oynasida esa Samir Nasri havorang libosni kiyib, “Manchester Siti” a’zosiga aylandi.

    Arturo Vidal

    Foto: FourFourTwo

    Foto: FourFourTwo

    Vidalning Turindagi hayoti juda yaxshi ketayotgandi. U “Yuventus”da dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylandi. U Italiyada yutish mumkin bo‘lgan barcha narsa ega chiqdi, shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi.

    “Turinda meni hamma yaxshi ko‘radi. Bu yer menga ham ma’qul. Oilam esa o‘zini juda qulay his qilmoqda. Ayting-chi, men bu yerdan nima uchun ketishim kerak?!” — deydi Vidal ajoyib kunlarning birida.

    Haqiqatdan ham nimaga? Unda nima uchun shu gaplarni aytganingdan 4 oy o‘tiboq “Bavariya”ga o‘tib ketding, Arturo?

    Mats Hummels

    Foto: FourFourTwo

    Foto: FourFourTwo

    Mario Gyotsening “Bavariya” yo‘l olganidan uning jamoadoshi Mats Hummels norozi bo‘lgandi: “Gyotsening qarorini tushunmadim. Bu haqda uning o‘ziga ham aytdim. Dortmunddagi hamma hayron qoldi. Axir hamma bizning qanday kuchli jamoaga aylanganimizni ko‘rib turgandi. “Borussiya”ni tark etish uchun sportga bog‘liq birorta sabab yo‘q edi”.

    Oradan uch yil o‘tib esa, Matsning o‘zi ham Gyotse va Levandovskining ortidan “Bavariya”da paydo bo‘ldi. Ziyrak muxlislar esa bir vaqtlar Matsning o‘zi aytgan so‘zlarni unga ko‘p bora eslatib turdi. 2019-yil yoziga kelib esa “daydi o‘g‘il” yana “Borussiya Dortmund”dan qo‘nim topdi.

     FourFourTwo nashri asosida Asror Abdunazarov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    30.07.2019, 15:32   Izoh (0)   64820
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XChK. 10 ta gol urilgan o‘yinda “Atletiko M” “Real”ni tor-mor qildi (video)

    27.07.2019, 07:40

    “Barselona” tarixidagi eng qimmat 5 transfer haqida

    26.07.2019, 15:02

    “Inter” Mauro Ikardiga o‘rinbosar topdi

    20.07.2019, 22:27

    “Barselona”ga “Yuventus” hujumchisi kerak

    20.07.2019, 21:41

    Afrika Millatlar Kubogi—2019 ning eng yaxshi to‘purari terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

    20.07.2019, 20:25

    Braziliya terma jamoasi hujumchisi vatanidagi muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlarni xayriya qildi

    20.07.2019, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.