O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning qirg‘izistonlik hamkasbi bilan muzokaralararida mamlakatga 100 million dollar kredit ajaratish masalasi ham muhokama qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Sanjar Mukanbetov ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yil kuzida ikki davlat rahbarlari uchrashuvi chog‘ida kredit liniyasini ochishga kelishib olingan. Qarz “Ayil Bank” orqali qirg‘izistonlik tadbirkorlarga beriladi.
U Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish oldinda turgan eng asosiy vazifa ekanligini ta’kidlagan. 2018-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 340 million dollar, 2019-yilning dastlabki besh oyi davomida esa 130-140 million dollarni tashkil etgan.
“Import eksportdan yuqoriroq. Biz O‘zbekistondan asosan meva-sabzovotlarni import qilsak, ko‘mir va sementni eksport qilamiz. Qirg‘izistondan O‘zbekistonga sement imtiyozli shartlar asosida yetkazilmoqda, ammo joriy yil 1-oktabrida ushbu muddat tugaydi. Biz ushbu imtiyozli rejim saqlanib qolinishi uchun kelishib olamiz”, — deydi S.Mukanbetov.
Izoh (0)