Dushanbe—Chanoq trassasida 30-iyul kuni ro‘y bergan YTHda O‘zbekiston fuqarosi Azim Dadaboyev halok bo‘ldi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
So‘g‘d viloyati IIB matbuot xizmatining bildirishicha, Mercedes-Benz mashinasi haydovchisi Davron Qobilov Firdavsiy qishlog‘i hududida boshqaruvni uddalay olmay, 1977-yili Namangan shahrida tug‘ilgan Azim Dadaboyev boshqarib ketayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Dadaboyev voqea joyida halok bo‘lgan, uning yo‘lovchisi, 1975-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Alisher Nurmatov jarohatlangan va kasalxonaga yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH Shahriston dovonida sodir bo‘lgan va mashina daryoga qulagan. Мarhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga yuborilgan.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va jarohatlangan hamyurtga yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)