Shavkat Mirziyoyev Belarusga tashrifi doirasida Yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishgan edi. Spot’ning xabar berishicha, tashrif doirasida park rezidentlaridan biri bo‘lgan LWO (Light Well Organization) kompaniyasi O‘zbekistonda QR-kodlardan foydalangan holda yangi to‘lov tizimini joriy qilishni taklif qildi.
Xabarda aytlishicha, bu xalqaro to‘lov tizimlari uchun komission xarajatlarni kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda. Belarus kompaniyalarining bu taklifiga O‘zbekiston tomon qanday javob berganligi ma’lum qilinmagan.
LWO saytida ko‘rsatilishicha, kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu bank sektori va masofaviy bank xizmatlari uchun avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqishdir.
Hozirda O‘zbekistonda ikki to‘lov tizimi mavjud — Uzcard va Humo. Ularning ikkalasi ham o‘z paytida davlat, xususan, Markaziy bank ishtirokida yaratilgan.
Izoh (0)