Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Toshkent shahar hokimligi vakillari sifatida tanishtirib, tadbirkorlarni “Mustaqillikning 28 yilligi” yozuvi tushirilgan bayramona yorliqlarlarni xarid qilishga majbur etayotgan kishilar haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Barchangizni bu ishning hokimlikka aloqasi yo‘qligi, firibgarlik ekanligi haqida ogohlantirib, ayyorlik yo‘li bilan pul ishlayotgan bunday kishilar ta’siriga tushib qolmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)