• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo viloyati IIB militsiya boshlig‘ining o‘zboshimchaligini rad etdi

    Qashqadaryo viloyati IIB Qarshi tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonovning xatti-harakatlari haqida so‘z borgan “‘Militsiya boshlig‘i uyimga bostirib kirib tintuv o‘tkazgach, bolalarim qo‘rqib ketgan’. Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligi fosh etdi” nomli maqolani rad etib, tuman IIB boshlig‘ining sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi deya baholadi.

    Bahodir Arslonov.

    Bahodir Arslonov.
    Foto: IIV

    Viloyat IIB raddiyasida shunday deyiladi:

    2019-yilning 21-iyul kuni taxminan soat 17:00 larda tuman IIB boshlig‘iga, tuman hududida viloyat rahbariyati tomonidan tumandagi qoloq fermerlar bilan ishlash yo‘nalishida yig‘ilish o‘tkazilishi munosabati bilan yig‘ilishda ishtirok etish uchun tuman IIB boshlig‘ining sektorida bo‘lgan Charog‘il MMTP hududidagi “Parizoda Ro‘ziqulova” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Bekzod Farmonov yig‘ilishga kelishdan bosh tortganligi ma’lum qilingan.

    Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tuman IIB boshlig‘i fuqaro B.Farmonovning yashash manziliga kelib, uning turmush o‘rtog‘i M.Ro‘ziyevadan uning qayerda ekanligini so‘raganidan so‘ng, u turmush o‘rtog‘i B.Farmonovga telefon qilgan. Shu qo‘ng‘iroqdan so‘ng, B.Farmonov uyiga kelganida, tuman IIB boshlig‘i u bilan suhbat o‘tkazish jarayonida B.Farmonovning hovlisida 10–15 ta yoqilg‘i bilan ifloslangan yelim idishlar turganligini ko‘rib, B.Farmonovga davlat tomonidan daladagi g‘o‘zani kultivatsiya qilish ishlarida ishlaydigan texnika uchun ajratiladigan yoqilg‘idan belgilangan tartibda foydalanmay, qonunga xilof ravishda o‘tkazishda hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilmagan holda yoqilg‘i mahsulotini uyida saqlab turganligi sababli bu holatga huquqiy baho berishlik uchun B.Farmonovning yashash manziliga tuman FVB yong‘in xavfsizligi inspektorini hamda Charog‘il MFY raisi M.Eshmurodovni taklif qilgan.

    E’tibor bering, fermer telefonda “yig‘ilishga bormayman”, degan bir og‘iz so‘z uchun tuman IIB boshlig‘i fermerni uyiga izlab boryapti. Xuddiki, u jinoyat qildiyu, jinoyatchini topib kelishi kerakdek. Hali yig‘ilishga bormay qolmadi. Bormayman deb aytdi, xolos. Holbuki, yig‘ilish kechki soat 18:30 da. Bir og‘iz “bormayman” degan so‘z IIB boshlig‘ining shuncha vaqtini yo‘qotib, fermer xonadoniga kelib xonadonni ko‘zdan kechirishiga sabab bo‘lyapti. Demakki, tuman IIB boshlig‘i bekorchi bo‘lgan degan xayol o‘tadi kishidan. Yo‘qsa, kimsan IIB boshlig‘i telefonda aytilgan bir og‘iz so‘zning ketidan quvib shuncha yo‘l bosarmidi? Shunchaki yig‘ilishga nega bormasligining sababini bilmoqchi bo‘lsa, telefon orqali so‘rasa ham bo‘lardi-ku.

    Qolaversa, IIB boshlig‘i fermer xonadonida noqonuniy saqlanayotgan yoqilg‘i borligini qanday bildi? Uyni tintmagan bo‘lsa? Binobarin yoqilg‘i yashirilmasdan hovlida saqlanayotgan ekan, demakki, yoqilg‘i quyish shoxobchasi talabga javob bermagani bois, fermer bu ishni ochiqchasiga qilgan. Shu o‘rinda viloyat IIBga bir savol: Hududdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi talabga javob bermagach, dala ishlari uchun atalgan yonilg‘i qayerda saqlanishi kerak?

    Munosabatga qaytamiz yana:

    Hodisa joyiga yetib kelgan tuman FVB yong‘in xavfsizligi inspektori T.Saidov o‘z navbatida B.Farmonov tomonidan yashash xonadonida qonunga xilof ravishda yoqilg‘i saqlanayotganlik holatini hujjatlashtirishi davomida B.Farmonov “Sen meni uyimga bostirib kirishga nima haqqing bor”, deb holatni uyali telefoniga tasvirga tushirish uchun telefon apparatini turmush o‘rtog‘i M.Ro‘ziyevaga bergan. Hodisa joyini M.Ro‘ziyeva video tasvirga olmasligi haqida Charog‘il MFY raisi M.Eshmurodov, Charog‘il MMTP raisi Sh.Qiyomovlar aytib ogohlantirishlariga qaramasdan u o‘z harakatini davom ettirib, holatni ziddiyatli ko‘rinishga keltiruvchi harakatlarni sodir eta boshlagan. Fuqaro M.Ro‘ziyeva tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilib, telefonda tasvirga olishni davom ettirgani uchun undan telefon apparatni taqdim qilish so‘ralgan.
    Bo‘layotgan jarayonni telefonga tasvirga olish tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga qanday qilib xalal berishi mumkin? IIBning mazkur jumlasi ham maqolada tilga olingan holatni tasdiqlaydi. Demakki, fermerning ayoli IIB nazdi bilan aytganda qonuniy xatti-harakatni tasvirga ola boshlagan. IIB boshlig‘i esa xuddi boshqarma boshliqlari kabi bu videotasvirlar ziddiyatli holatni yuzaga keltiradi deb o‘ylagan (yoki qo‘rqqan). Va telefonni tortib olgan. Telefon tortib olinganini IIBning o‘zi ham tasdiqlayapti. IIB boshlig‘i o‘z harakatining qonuniyligiga ishonsa, nega telefonni tortib oldi? IIB boshlig‘i syomka qilingan videotasvirdan nega bunchalik qo‘rqdi? Telefonda IIB boshlig‘ini qo‘rqitadigan nima bor?

    IIB boshqarmasining rasmiy munosabati shunday davom etadi:

    Mazkur holatga bevosita B.Farmonov aralashib, ziddiyatli holatni davom ettirib, shu yerda bo‘lgan fuqarolar orasida yolg‘ondan “nima uchun xotinimni urayapsan”, deb IIB boshlig‘iga tashlanib, uning egnidagi xizmat kiyimi tugmalarini uzib, qo‘lini qayirib, uni yerga surib yiqitib, chap qo‘liga jarohat yetkazgan. Bundan foydalangan M.Ro‘ziyeva esa IIB boshlig‘ining qo‘lidagi telefon apparatini tortib olgan.
    Qiziq, viloyat IIB rahbariyati shu cho‘pchakka o‘zlari ishonarmikin? Nega unda IIB boshlig‘iga kuch ishlatgan fermer haliyam tarallabedod qilib yuribdi?

    “Fermer IIB boshlig‘iga kuch ishlatganini shu yerda bo‘lgan fuqarolar tasdiqlaydi”, — deyishibdi.

    Ha, ushbu voqeaga guvoh bo‘lgan Charog‘il QFY raisi Mirjamil Eshmurodov tuman IIB boshlig‘i qo‘l telefonini o‘zi yerga urib sindirganiyu, ko‘zoynagini ham o‘zi uloqtirganini aytib bergandi. IIB yana kuch ishlatib rais fikrini o‘zgartirib, boshqacha talqin qilayotgan bo‘lmasa, albatta.

    Qashqadaryo viloyati IIB raddiyasi so‘ngida hozirgi vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda viloyat IIB tomonidan esa xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini yozibdi. O‘ylaymizki, prokuratura tez orada haqiqatni oydinlashtiradi.

    01.08.2019, 12:40   Izoh (0)   58957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada yo‘qolgan bola topildi

    01.08.2019, 12:16

    O‘rtachirchiq tumanida qurilgan korxona sababli bolalarda teri kasalliklari tarqalmoqda (foto)

    01.08.2019, 12:05

    Davlat statistika qo‘mitasi: eng arzon kartoshka 1 000 so‘m, piyoz 500 so‘m

    01.08.2019, 11:46

    Chilonzordagi dorixonada o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

    01.08.2019, 11:46

    Avtotest monopolist korxonalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    01.08.2019, 11:35

    Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

    01.08.2019, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.