Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 14 a-uy, Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi hududida joylashgan armatura ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa 31-iyul kuni soat 11:09 larda sodir bo‘lgan. Oqibatda sexning transformator podstansiyasi va 250 kvadrat metr maydon yongan.
O‘t o‘chiruvchilar soat 11:14 da yetib borgan va yong‘in soat 12:24 da o‘chirilgan. Bunga 10 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘in ishlab chiqari texnologik jarayonining buzilishi natijasida elektr ta’minotining ortiqcha kuchlanishidan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)