Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Izoh (0)