Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Moskva markazida ko‘chmas mulkka ega. Bu haqda Baza Telegram-kanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, monarxga Obidenskiy 1-tor ko‘chasida joylashgan 10-uydagi to‘rtta xonadon tegishlidir.
Uy-joylar egasi sifatida, “Kanada hukmdori, qirolicha oliy hazratlari” ko‘rsatilgan.
Telegram-kanalga ko‘ra, uchta xonadon 2002-yilda, yana bittasi — 2003-yilda sotib olingan.
Ammo qirolichaning o‘zi ushbu xonadonlarga hech qachon kelmagan.
Kanada elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, ko‘chmas mulk ushbu mamlakat hukumatiga tegishli, Yelizaveta II davlat rahbari bo‘lgani sababli esa, ko‘chmas mulk uning nomiga rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)