Vyetnam markaziy harbiy prokurori general-leytenant Nguyen Van Xan boshchiligidagi delegatsiya o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bosh prokuraturada delegatsiya a’zolari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlikdagi memorandum imzolandi.
Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida Bosh prokuratura va Qurolli Kuchlar akademiyasi hamda Harbiy prokuratura faoliyati bilan tanishdi.
Izoh (0)