Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi Bo‘stonliq tumanidagi tirbandliklarning kelib chiqish sabablari yuzasidan izoh berdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, tumanga kelayotgan transport vositalarining tirbandliklari oldini olish va ularning harakatini tartibga solish hamda xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida tuman hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 74-km.ida joylashgan Xo‘jakent qishlog‘i umumiy ovqatlanish shoxobchalari (“Bochka”) oldida eski ko‘prikni zamonaviy yo‘l infratuzilmasiga aylantirish yuzasidan kengaytirish, ta’mirlash hamda qo‘shimcha aylanma yo‘llar qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli, dam olish kunlarida ushbu ta’mirlanayotgan ko‘prik oldida transport vositalarining tirbandliklari yuzaga kelmoqda.
Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi mahalliy aholidan va Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun keluvchilardan ushbu ta’mirlanayotgan yo‘l qatnov qismidan o‘tishlarida “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya etishlarini va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hurmat qilishlarini so‘raydi.
Izoh (0)