2019-yilning 24-iyul Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M25) konida yangi tabiiy gazga boy obyekt ochildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Tabiiy gazga boy obyekt M25 konida burg‘ilash ishlari natijasida topildi. O‘rtacha bir sutkalik gaz oqimi 300 ming kubometrga teng.
Konni burg‘ilash va qurish ishlari “Surhan gas chemical operating company” XK MChJ kompaniyasi tomonidan “Eriell” kompaniyasini jalb qilgan holda mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim doirasida amalga oshirildi.
Izoh (0)