23-iyul kuni soat 04:00 larda Samarqand shahrida Nexia va “ZiL” yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Zarnews.
Ibn Sino ko‘chasida “Islom Ishqulovich ” MChJga tegishli yo‘nalishsiz taksi harakat vaqtida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib “ZiL” yuk mashinasi bilan avariya sodir etgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida 1991-yilda tug‘ilgan taksi haydovchisi va uning ichida bo‘lgan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Izoh (0)