Istanbuldagi bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 19-iyul kuni Bakırköy Hastenesi tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi N.R. vafot etdi.
U 1-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.
Turkiya huquqni himoya qilish organlari fojiali voqea yuzasidan tergov ishlarini boshladi.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan. Marhumaning qarindoshlariga konsullik tegishli huquqiy yordam ko‘rsatdi.
Izoh (0)