Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori, yaponiyalik diplomat Yukiya Amano 73 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.
U XAEAni 2009-yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Agentlik Amanoga motam belgisi sifatida o‘z bayrog‘ini tushirishini ma’lum qilgan. Uning o‘limi sababi oshkor etilmagan.
XAEA atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va yadro qurolini tarqatmaslik maqsadida 1957-yilda asos solingan. Agentlik shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan.
Izoh (0)