Meksikada Akapulko kurortining turistlar zonasidagi barlardan biriga noma’lum shaxslar hujum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. Natijada kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi yaralangan.
Hujum ishtirokchilari jinoyat joyidan yashiringan, lekin politsiya hujumga aloqadorlikda gumonlanayotgan bir kishini tutib olishga erishgan. Hukumat sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan. Huquq-tartibot vakillari jinoyat uchun sabab bo‘lgan taxminiy sabablarni hali e’lon qilmagan.
Xabarda aytilishicha, Meksika so‘nggi bir necha yillarda misli ko‘rilmagan zo‘ravonliklarga duch keldi. O‘tgan yili mamlakatda 33,3 mingdan ortiq odam o‘ldirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich yanada yomonlashishda davom etmoqda.
Izoh (0)