Janubiy Koreyaning CK Bluebell kemasiga Singapur bo‘g‘ozi yaqinida qurollangan odamlar hujum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, hujum taxminan 30 daqiqa davom etgan, shundan so‘ng qaroqchilar o‘zlari bilan qariyb 13 ming dollar naqd pul va dengizchilarning ayrim buyumlari, xususan, mobil telefonlar, kiyim-kechaklarini olib yashiringan. Qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan ekipaj a’zolarining ayrimlari yengil tan jarohati olgan.
Xabarda aytilishicha, kema hujumdan so‘ng reysni davom ettirgan. Janubiy Koreyaning Dengiz va baliqchilik xo‘jaligi vazirligi sodir bo‘lgan voqea haqida mamlakatning boshqa kemalarini ogohlantirgan.
Izoh (0)