Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh tomonidan Tehronga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni “iqtisodiy terrorizm” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Terrorizm bu — siyosiy maqsadlar yo‘lida tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik va qo‘rquvni ishlatish. Shu orqali AQSh iqtisodiy terrorizmga aloqador. Buni sanksiya deb bo‘lmaydi, chunki u qonunning ijrosini nazorat qilish maqsadida joriy etilmadi. Aslida ular qonunni buzmoqda”, — deb yozadi Javod Zarif o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
2015-yil 14-iyulda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron umumiy kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, Eron o‘zining yadroviy dasturini cheklashi natijasida sanksiyalar yechib tashlanishi kerak edi. Biroq 2018-yilning mayida AQSh ushbu bitimdan chiqishini va Eronga nisbatan sanksiyalarni joriy etishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)