Germaniyaning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Siemens konserni prezidenti va bosh direktori Jo Kezer AQSh “irqchilik yuzi”ga aylanib borayotganidan afsusda ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik.
“Meni dunyodagi eng muhim siyosiy muassasa – ‘irqchilik va ayirmachilik yuzi’ga aylanib borayotgani afsuslantirmoqda”, — deb yozadi Kazer o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Ushbu izohni Siemens direktori AQSh prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlarining kelib chiqishi Somalidan bo‘lgan ayol deputat Ilhan Omarga qarata aytgan so‘zlaridan keyin qoldirgan.
“Men AQShda ko‘p yilllar yashaganman va oldin hech qachon ko‘rmagan erkinlik, toqatlilik va ochiqlikning guvohi bo‘lganman”, — deb qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentini tez-tez tanqid qiluvchi demokrat-deputat Ilhan Omarga Donald Tramp “Agar AQSh hukumati unga yoqmayotgan bo‘lsa uyiga jo‘natib yuboringlar”,— degan edi.
Izoh (0)