Qozog‘istonning “31 kanal” efirida “Prezident 2.0” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi. “Nur.kz” ma’lum qilishicha, film asosini prezident Qosim-Jo‘mard To‘qayev bergan intervyular tashkil etadi.
Unda prezident jamoalashtirish yillarida Qozog‘iston hammadan ko‘proq jabrlanganini aytgan. “Eng oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,5 million qozog‘istonlik halok bo‘lgan”, — degan u.
“O‘sha paytlarda otamning oilasi katta yo‘qotishlarni boshidan kechirgan edi. Faqat ikki o‘g‘il - otam bilan amakim qolgan edi xolos”, — deb xotirlaydi To‘qayev. — Ikkovi ham internat va maktabdan so‘ng frontga ketgan”.
Prezidentning amakisi Rjevsk jangida halok bo‘lgan. Uning qabrini uzoq vaqt topa olishmagan. Prezident amakisining qabri birodarlar qabristonidan topilgach, To‘qayev u yerga otasining qabridan tuproq olib borgan.
“Otam urushda g‘alabaga erishilgani uchun umrining oxirigacha Stalindan minnatdor odam bo‘lib qolgan”, — deb aytgan To‘qayev. “Mana shunday qarama-qarshiliklar bo‘lgan. Stalin sababli u yetim bo‘lib qolgan, lekin uni doim buyuk qo‘mondon, deb hisoblagan”.
Uning ta’kidlashicha, Stalin yirik tarixiy va... qarama-qarshili shaxs.
Izoh (0)