Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida politsiya binosi yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Qandahor shahridagi politsiya boshqarmasi yaqinida avtomobil portlatildi. Shundan keyin binoga kirib, to‘qnashuvlar sodir etgan jangarilarning aniq soni ma’lum emas”, — dedi politsiya vakili Jamol Nosir Barakzay.
Portlashdan so‘ng otishma ovozlari eshitilgan.
“Tolibon” harakati mazkur portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
Izoh (0)