• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nevaram har kuni barmog‘im o‘sib chiqadimi, deb so‘raydi”. Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan bog‘liq hodisa qanday yuz berdi?

    29-mart kuni Samarqand shahridagi 11-sonli bolalar bog‘chasida tarbiyachining e’tiborsizligi sabab 2013-yilda tug‘ilgan Sanjar Hasanovning o‘ng qo‘lining jimjilog‘i uzilib tushgan. Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi. Jurnalistik surishtiruv davomida dastlab holat yuzasidan Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murovaning fikrlarini tingladik.

    Foto: “Daryo”

    – Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng soat taxminan 14:00 atrofida menga bog‘chadan qo‘ng‘iroq qilib onasini topa olmayapmiz deyishdi. Nima sababdan qidirayotganligini so‘raganimda nevarangizni qo‘lini eshik qisdi deb aytishdi, — deydi Aziza Ma’murova. – Shundan so‘ng viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasida ekanligini aytdi. Shifoxonaga borsam bog‘cha mudirasi, ikki nafar ishchisi va shifokor bor ekan. Qarasam nevaramning qo‘li qon. Shifokor o‘zingizni bossangiz bir gap aytaman dedi. Xo‘p deganimdan so‘ng shifokor nevarangizni barmog‘i uzilgan deb aytdi.

    Foto: “Daryo”

    Aziza Ma’murovaning ta’kidlashicha, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasining xirurg shifokori Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib borishini aytgan. O‘sha kuni kuchli yomg‘ir yog‘ib yo‘llarni suv bosganligi bois ko‘chalarda tirbandlik yuzaga kelgan. Shu sababli ikki soat deganda shifoxonaga yetib borishgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha mas’ullari bolaning barmog‘ini sellofan paketga solib borishgan. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali shifokori bolaning barmog‘i uzilganiga ancha bo‘lganligini aytib, hech bo‘lmaganda barmoqni suvga solib kelganda ham uni ulash imkoni bo‘lishini ta’kidlagan.

    Foto: “Daryo”

    – Bog‘chaga borsak, voqea sodir bo‘lgan joyning qonlarini tozalab qo‘yishgan ekan. Hech kim bilmaydi qanday bo‘lganligini. Ekspertiza ham qilmadi. Ekspertizani o‘zimiz qildik. Ammo natijasini bilmaymiz. Ishni o‘rgangan prokuror qayerga yozsangiz ham xatingiz menga keladi deb aytdi, — deydi Aziza Ma’murova.

    O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, Sanjar Hasanov barmog‘i uzilgandan so‘ng 3 kun hech kim bilan gaplashmagan. Aziza Ma’murova nevarasi bilan gaplashganda, bola voqea qanday bo‘lganini aytib bergan. Sanjar qo‘lini qisib qolgan vaqtda tarbiyachisini chaqirgan. Avvaliga u kelmagan. So‘ng kelib qo‘li qisilib turgan Sanjarni ortidan kelib tortib olgan. O‘sha vaqtda barmog‘i uzilib tushgan.

    Sanjarning barmog‘ini qisib qolgan karavot.

    Sanjarning barmog‘ini qisib qolgan karavot.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Shundan so‘ng tarbiyachisi nevaramni qo‘rqitib uni uxlatgan. Kim bilandir maslahatlashib ishni yopib yubordi. Prokuratura esa voqeani baxtsiz hodisa deb baholadi. Ular bolaga birinchi yordamni ko‘rsatishni emas, balki o‘zlarining tinchini o‘ylagan, — deydi Aziza Ma’murova. – Bilasizmi, prokuraturada qayerdandir qizimning nomidan yozilgan tushuntirish xati paydo bo‘lib qolgan. Vaholanki, o‘sha vaqtda qizim bolasining ahvolini ko‘rib dodlab yotgan edi. Voqeadan so‘ng stress holatga tushib qolgan qizim tushuntirish xatini qanday qilib yozib beradi?

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea 29-mart kuni bo‘lgan. Biroq bolaning barmog‘ini oradan besh kun o‘tganidan so‘ng, Sanjar Hasanovning yaqinlarining qistovi bilan ekspertizadan o‘tkazilgan.

    Holat yuzasidan 11-maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi Dodaroy Ahmedova, o‘sha kuni tarbiyachi bo‘lib ishlagan Lobar Erdanova va xo‘jalik mudirasi bilan suhbatlashdik. Suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 29-mart kuni soat taxminan 12:00 atrofida Sanjar Hasanov o‘rtog‘i bilan ikki kishiga mo‘ljallangan karavot ustidan o‘yinchog‘ini olayotganda karavot Sanjarning o‘ng qo‘l kichik barmog‘ini qisib qolgan. Qiziq jihati shundaki, voqea sodir bo‘lgan kuni tarbiyachi aynan o‘sha xonada bo‘lgan. Buni suhbat jarayonida Lobar Erdanovaning o‘zi aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    – Biz holat qanday bo‘lganligini ko‘rmadik. Sanjar o‘rtog‘i bilan karavotga o‘ynab chiqqan. Chiqish vaqtida karavot barmog‘ini qisib qolgan. U karavotning zinasidan chiqqanida meni chaqiradi. U osilib qolganidan so‘ng o‘zining vazni bilan pastga tushgan. Bo‘yi yetmaganligi sababli og‘irligi evaziga barmog‘i uzilgan, — deydi hamshira-tarbiyachi Lobar Erdanova.

    Muassasa mudirasi Dodaroy Ahmedovaning aytishicha, hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng birinchi yordam ko‘rsatilgandan dastlab so‘ng shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasiga, undan so‘ng viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasiga, u yerdan so‘ng viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga olib borgan. Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murova kelganidan so‘ng Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib borgan. Ikki soatdan ko‘p vaqt davomida jabrlanuvchi 4 ta shifoxonaga olib borilgan.

    – Tez yordamdan ko‘ra o‘zim tezroq boraman deb bolani shahar kasalxonasiga olib bordim. U yerda bolani qo‘lini ochib ko‘rdi va buni 14–15 yoshga kirganda Toshkentda plastik operatsiya yo‘li bilan qo‘lini ulash mumkin dedi. Shunda ham umidsizlikka tushmasdan darrov bolani viloyat kasalxonasiga olib keldim, — deydi muassasa mudirasi Dodaroy Ahmedova. – O‘sha vaqtda ota-onasini kutib o‘tirishga vaqt yo‘q edi. Har daqiqani g‘animat deb bildik. Maqsadimiz yaxshi shifokorga ko‘rsatish edi.

    Olib borilgan jurnalistik surishtiruv davomida o‘sha kuni guruhda 40 nafar bola bo‘lganligi aniqlandi. Bu esa belgilangan norma hujjatlariga zid. Qolaversa, bog‘cha tarbiyachilaridan biri tug‘ruq ta’tiliga chiqqan bo‘lsa, yana biri ruxsat olganligi bois ko‘ngilsizlik yuz bergan kuni bog‘cha hamshirasi Lobar Erdanova tarbiyachi vazifasini bajargan.

    – Ichki ishlar bo‘limidan kelib bo‘lgan hodisani ko‘rdi. Ekspertiza qildi. Har birimizdan tushuntirish xati oldi. Tarbiyachilardan tushuntirish xati oldi. O‘sha voqea kuni soat 23:00 gacha surishtiruv olib bordi. Bu yerda tarbiyachining mas’uliyatsizligi bo‘lganligi sababli uning aybi bor deb o‘ylayman. Tarbiyachi baribir har bir bolaga mas’uliyat bilan qarashi kerak. Chunki har bir bolaga biz javobgarmiz, — deydi Dodaroy Ahmedova.

    Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlangan holat yuzasidan maktabgacha ta’lim muassasasi xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiriga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Muassasa tarbiyachisiga esa hayfsan intizomiy jazosi belgilangan.

    Mazkur jurnalistik surishtiruvni tayyorlash davomida Sanjar Hasanovning tog‘asi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat audiosi kelib tushdi. Audioyozuvda Sanjar Hasanov tarbiyachisi qo‘lini qisganligi, kechirim so‘rasa ham baribir qisaverganligi, qo‘lini asta olayotganda tarbiyachi tortib olganligini bildirgan. Shuningdek, tarbiyachisi urib-urib uxlatganligini aytib, “Bobongga, dadangga, ayangga, tog‘angga, hech kimga aytma, aytsang yana uraman”, deb aytganligini bildirib o‘tgan.

    – Birinchi yordamni qilganida umuman hech qayerga murojaat qilmasdim. Ular hech kimga aytmay ishni yashirmoqchi bo‘lganligi bizning jahlimizni chiqardi. Nevaram har kuni onasidan barmog‘im o‘sib chiqadimi deb so‘raydi. Nima deb aytishimizni bilmaymiz, — deydi Aziza Ma’murova.

    19.07.2019, 19:16   Izoh (0)   69814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlaydi

    19.07.2019, 18:54

    Navoiyning Nurota tumanida 35 metrli bayroq o‘rnatildi

    19.07.2019, 18:15

    “Jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida”gi petitsiya ko‘rib chiqish uchun yetarlicha — 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi

    19.07.2019, 18:02

    Kattaqo‘rg‘onda uka akasini urib-tepib o‘ldirib qo‘ydi

    19.07.2019, 17:54

    Toshkentda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi

    19.07.2019, 17:34

    Qashqadaryo banklari har bir oilani tadbirkor qilishga bel bog‘lagan tadbirkorni “sindirmoqda”. Tadbirkor banklardan qariyb 1 milliard so‘m pulini ololmay sarson

    19.07.2019, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.