Joriy yilning 29-mart kuni Samarqand shahridagi 11-son bolalar bog‘chasida tarbiyachining e’tiborsizligi sabab 2013-yilda tug‘ilgan Sanjar Hasanovning o‘ng qo‘lining jimjilog‘i uzilib tushgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Sanjar Hasanovning holati yuzasidan uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postlarda yozilishicha, bog‘chada bolaning barmog‘i uzilib tushgan holatni prokuratura baxtsiz hodisa deb baholagan.

Foto: “Daryo”

“Daryo”ga murojaat qilgan Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murovaning ma’lum qilishicha, nabirasining barmog‘i uzilib tushganidan so‘ng tarbiyachi uni qo‘rqitib uxlatib qo‘ygan. Shu tariqa salkam 5 soat davomida bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri surishtiruv olib bormoqda.