Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Kasbi tumanlarida 13-iyul kuni o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 99 nafar fuqaroning sudga oid murojaati tinglandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 31 nafar murojaatchining arizalari viloyat va Oliy sud sudlov hay’atlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, 38 nafar murojaatchiga huquqlari tushuntirildi. 11 ta murojaat joyida hal etildi. 9 ta murojaat o‘rganilmoqa.
Shuningdek, sayyor qabulda tashkil etilgan sud majlislarida 11 nafar fuqaro Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan axloq tuzatish jazosini o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 10 nafar fuqaroga JK 74-moddasiga asosan tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan, 12 nafar fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan.
Izoh (0)