O‘zbekiston Markaziy Osiyoda davlatlari orasida o‘z joniga qasd qiluvchilar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi pog‘onada Qozog‘iston turibdi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Tojikistonning Dushanbe shahrida mintaqada joylashgan davlatlarda o‘z joniga qasd qilish holatlari 30 yil davomida kuzatilgani va uning xulosasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Markaziy Osiyoda o‘z joniga qasd qilish: Xavflarni tizimli tadqiq etish va himoya omillari” mavzusida Xyuston-Dauntaun universiteti o‘qituvchisi Shaxnaz Savani ma’ruza qildi.
Bayonotda aytilishicha, har yili butun dunyo bo‘ylab 1,5 millionga yaqin odam o‘z joniga qasd qiladi. Ularning 76 foizi kam daromad ko‘radigan mamlakatlarda, 60 foizi esa Osiyo davlatlarida sodir bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda o‘z joniga qasd qiluvchilar bo‘yicha Qozog‘iston (48,1) yetakchilik qiladi, ikkinchi o‘rinda Turkmaniston (15,8), undan keyin esa O‘zbekiston (13,6) va Qirg‘iziston (13,4). Tojikistonda ushbu ko‘rsatkich past bo‘lishiga qaramay (7,2), u yerda o‘sish kuzatilmoqda.
Shaxnaz Savanining fikricha, mintaqa aholisining aksariyati islom diniga e’tiqod qilishiga qaramay, bu o‘z joniga qasd qilishlar sonining kamayishiga ta’sir ko‘rsatmayapti. Buning sababi shuki, islomning keskin tanqid qilinayotganligi va yetarli darajada muhokama qilinmagani, ko‘pincha muhtoj bo‘lgan kishilarning duch keladigan muammolariga sustkashlik bilan qaralayotgani.
Izoh (0)