Psixolog Ellen Bialistok bilingvizmning kognitiv afzalliklari, uning Alsgeymer kasalligi oqibatlariga ta’siri, kattalar va bolalarning bilim darajasini zamonaviy tadqiq qilish haqida fikr yuritadi.
Psixologiya o‘rganayotgan barcha mavzulardan farqli ravishda, bilingvizm — dixotomiya emas: hech kim monolingv yoki bilingv bo‘lolmaydi. Hamma muayyan til bilan bog‘liq tajribaga ega. Shu sabab, bilingvni tadqiq etishning asosiy muammosi aholi orasida uning nisbatini aniqlashdan iborat. Bu borada ikki xil yondashuv mavjud. Bilingvizm ayrim tadqiqotlarda “hayoti davomida doimiy ravishda ikki tilda ravon so‘zlashadigan insonlar” sifatida tavsiflanadi.
Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, bilingvizm — kontinuum. Biz o‘z tadqiqotimizda ishtirokchilarga tarqatiladigan batafsil anketadan foydalanamiz. Ular til bilish darajasi, oilada va ko‘chada kim bilan qaysi tilda ko‘proq so‘zlashishlari borasida javob beradi.
Olimlar anchadan buyon bolalarning bilim darajalarini ularning til bilish qobiliyatlari va savodxonlik bilan til o‘rganishiga asosiy e’tiborni qaratib tadqiqot olib bormoqda. Biroq 2004-yilda hamkasblarim bilan ilk bor kattalar bilim jarayonlarini tadqiq etdik.
Bolalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar to‘liq olib borilmagan. Ularning nazorati va rejalashtirilishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan va to‘liq tadqiq etilmagan bir qator muammolarga ega edi. 1930–1950-yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bilingv bolalar monolingv bolalar bilan taqqoslaganda salbiy sharoitda bo‘lgan. Ular maktabda yomon o‘qigan, testlarni past bahoda topshirgan va hokazo. Tadqiqotlar xulosalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bilingvizm aqliy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bolani tillar muloqotida chalkashtiradi.
Bilingvizmning ijobiy natijalari aks ettirilgan ilk tadqiqot 1962-yilda chop etilgan. Elizabet Pill va Uolles Lambert Monrealda ingliz va fransuz tilida so‘zlashadigan hamda faqatgina fransuz tilida so‘zlashuvchi bolalarni taqqoslab tadqiqot o‘tkazdi. Ular tadqiqot to‘g‘ri olib borilganda bilingv bolalar og‘zaki bo‘lmagan vazifalarni monolingv bolalar kabi bajara olishini, og‘zaki topshiriqlarni esa monolingv bolalarga qaraganda yomonroq bajarishini taxmin qildi. Biroq dastlabki prognozlardan farqli bilingv bolalar barcha imtihonlardan yaxshi o‘tdi.
Bilingvlardagi tillar va savodxonlik darajasi
Bilingvlarning til o‘rganishi — ancha mushkul masala. Agar bola ikki va undan oshiq tilda so‘zlashiladigan oilada o‘ssa, u ikkala tilni ham bemalol o‘rgana oladi va ushbu tillarda ravon so‘zlashadi. Biroq bilingvlarning so‘z boyligi har bir til monolingvistik egasining so‘z boyligiga qaraganda pastroq. Shu bilan birga, bilingv bir paytning o‘zida ikki tilda so‘zlashadi, shunga ko‘ra buni kamchilik deb atab bo‘lmaydi. Demak, uyda ikki tilda so‘zlashuvchilar tarbiyasi ostida katta bo‘lgan bolalar muammosiz ikkala tilni ham baravariga o‘rganadi.
Savodxonlik borasida esa bilingvlar ancha oqsoqlanadi. Ikkala tilni savodli o‘rganish uchun ikki til yozuvi bir xil tizimda bo‘lishi lozim. Agar farqlanadigan bo‘lsa, bu bola tillarning har birida qanday ta’lim olganiga bog‘liq bo‘ladi.
Bilingvizmning kognitiv xususiyatlari
Umumiy intellekt kontekstida bilim egallash qobiliyatida sezilarli farq yo‘q, demak, bilingvlar monolingvlarga qaraganda aqlliroq emas. Biroq monolingv va bilingvlarning e’tibor va seleksiya bilan bog‘liq fikrlashida farq bor. E’tibor jalb qiladigan vaziyatlarda muhim axborotlarni tanlash qobiliyati bilingvlarda ko‘proq rivojlangan. Va bu u qadar e’tiborga molik emas, chunki bu qobiliyat ko‘plab yuqori fikrlash va harakatlarni amalga oshirish jarayonlari asosida shakllanadi. Siz shosseda yuqori tezlikda ketyapsiz, miyangizda bir talay fikr: marshrut qanday yo‘naltirilgani, siz uchun kerakli yo‘l, yo‘l belgilari – miyangizda ko‘p ma’lumot saqlashingiz va ko‘rsatkichlarni kuzatishingiz zarur. Siz e’tiboringizni jamlay olishigiz kerak. Bilinglar buning uddasidan chiqadi.
Agar odam bilingv bo‘lsa, u doimiy ravishda ikki tilda faol so‘zlashadi. Bu seleksiya mexanizmida kerakli to‘g‘ri tilni tanlashda ichki ziddiyat kelib chiqishini anglatadi. Fikrimizni izohlaydigan bo‘lsak, bajariladigan funksiyalar tizimi konkret vaziyatda talab etiladigan tilni tanlash uchun qo‘llaniladi va aynan shu jarayon bilingvlarda faol bo‘lgan kognitiv vazifalarga asoslanadi.
Bilingvlarning kognitiv qarishi va ularda uchraydigan kasalliklar
Qarish sirlarini o‘rganish tadqiqotlaridan birida aniqlanishicha, aqli zaif bemorlar, ayniqsa Alsgeymer kasalligining ilk belgilari bilingvlarda kechroq namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, kasallik miyada rivojlanadi va uni shikastlaydi. Shuningdek, bilingv bemorlar uzoq vaqt normal faoliyat ko‘rsata oladi.
Kompensatsiyalangan natijalar ham bor. Bu muhim yangilik ko‘p tadqiqotlarda takrorlangan.
Shunga o‘xshash sinovlar bilingv bemorlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazildi. Biz ularning kognitiv darajalari, miyalari va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni to‘pladik. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu ko‘rsatkichlarning barchasi kasallik sabab shikastlanadi. Masalan, Alsgeymer kasalligi miyaning o‘rta qismi, xotira qismi – gippokampni shikastlaydi. Bilingvizm bemorlarda shikastlanish kuchliroq bo‘ladi, lekin ular shikastlanish bilan ham uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Bilingvizm tilni murakkablashtiradi, bilingv shaxslar esa doim ikki tildan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Bu vaziyat miya faoliyatini doimiy ravishda o‘zgartiradi va bu qarish jarayonini sekinlashtiradi. Shunday ekan, bilingvizm rasmiy ta’lim va boshqa narsalarga bir xil ta’sir ko‘rsatadi, bu kognitiv zaxiraga hissa qo‘shadi hamda bilim olish qobiliyatini himoya qiladi.
Trilingvizm va multilingvizm
Ko‘plab tadqiqotlarda uch va undan ko‘proq tillarda so‘zlashadigan trilingv va multilingv insonlar haqida ham ma’lumotlar uchraydi. Biroq boshqa hech qanday farq yo‘qligiga ishonch hosil qilish qiyin. Biz monolingv va bilingvlarni taqqoslaganda tillarni bilishidan tashqari hech borada farqlanmasligiga ehtiyotkorlik bilan yondashamiz. Biroq ular qatoriga trilingv va multilingvlar qo‘shilganda ko‘p narsa farqlanadi. Masalan, ko‘p odamlar iqtidorli ekanliki, ta’lim olishga qiziqishi va ko‘p til o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgani sabab multilingv bo‘lishi mumkin. Ushbu farqlarning barchasi ularning test natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, multilingv va bilingv bolalar o‘rtasida hech qanday farq topolmagan tadqiqotlar ko‘p. Shuningdek, ushbu muammo katta yoshlilarda, hatto bemorlarda o‘rganilgan tadqiqotlar ham mavjud. Tadqiqotlarning ayrimlari katta yoshlilar qancha ko‘p tilni bilsa, shunchalik aqldan ozishdan himoyalanmaganligi aks ettiradi.
Ochiq masalalar
Bilingvizmni tadqiq qilish endi o‘rganilayotgan mavzulardan biri va bu borada ochilmagan masalalar hali ko‘p. Hozir tadqiqotchilar bilingvizm mexanizmi va bilingv hamda monolingvlar ongidagi farqni aniqlash ustida ish olib bormoqda. So‘nggi vaqtlarda, bilingvizm oqibatida nega va qanday ong o‘zgarishini aniqlash maqsadida miya imidjingini tadqiq etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu masala yuzasidan javoblar hali aniqlanmadi, biroq olimlarda javobni qayerdan topish g‘oyalari bor.
Izoh (0)