8-iyuldan 14-iyulgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,4% ikkinchi va 30,9% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 637,3 mlrd so‘mdan 942 mlrd so‘mga oshdi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,5 mln dollarga teng tovarlar sotildi.
Izoh (0)