Shvetsiyaning Umeo shahri yaqinida ichida parashutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bir motorli GA8 Airvan samolyoti parvozni amalga oshirganidan bir soat o‘tib falokat signalini bergan. Bu vaqtda uning bortida parashut yordamida sakrashni amalga oshirmoqchi bo‘lgan sakkiz nafar odam va uchuvchi bo‘lgan.Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot keskin ravishda pastga qarab harakatlangan va Stursandskar oroli oldidagi ko‘lga kelib qulagan.
Hozirda noxush hodisa nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)