Moskva viloyatida Robinson vertolyoti halokatga uchradi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Rossiya Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha Moskva mintaqalararo tergov boshqarmasi vertolyotning yerga qattiq qo‘nishi fakti bo‘yicha tergovoldi ishlarni boshlab yubordi”, — deydi boshqarma vakili Yelena Markovskaya.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Robinson vertolyoti ochiq maydonlardan biriga qattiq qo‘nishni amalga oshirishi oqibatida bir nafar uchuvchi va yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Voqea joyiga tezkor-qidiruv guruhi yetib kelgan bo‘lib, hozirda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaning tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)