Ozarbayjonda 1530-yilda ekilgan chinor shoxi sinishi oqibatida 19 kishi jarohatlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hodisa Sheki shahridagi Xon saroyi hududida ro‘y berdi. Diametri yarim metr bo‘lgan shox kuchli yomg‘ir tufayli daraxtdan uzilib tushdi.
Jabrlanganlar qatorida 5 nafar suriyalik, ikki nafar rossiyalik sayyoh borligi aytilmoqda. Yaralanganlarning 4 nafari (ularning fuqaroligiga aniqlik kiritilmagan) og‘ir holatda kasalxonaga yetkazilgan, qolganlarga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Shekidagi Xon saroyi o‘tgan haftada YUNESKO jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.
Izoh (0)