Ukrainaning Turkiyadagi konsuli Vyacheslav Xomenko turistik mavsum boshlanganidan buyon Antaliyada qancha ukrainalik halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turistik mavsum boshlangan may oyidan buyon 13 nafar Ukraina fuqarosi halok bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati keksa odamlar.
Marhumlarning bir qismi yurak xurujidan vafot etgan bo‘lsa, yana bir nechtasi dengizda cho‘kib ketgan yoki Antaliyaga davolanish uchun kelganida operatsiya muolajalarini ko‘tara olmagan.
Bundan tashqari konsulning ta’kidlashicha, ayrim ukrainaliklar tabiiy o‘lim topgan, biroq nooatiy vaziyatda.
Izoh (0)