Rossiya, Belarus, Tojikiston va yana 34 ta davlat BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida olib borayotgan uyg‘urlarni “qayta tarbiyalash” siyosatini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlar Xitoy tomonidan BMTning inson huquqlari Kengashi sessiyasida e’lon qilingan bayonotni ma’qullagan. Avvalroq, 22 ta davlat, xususan, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar, Yaponiya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya Penkinning uyg‘urlarga nisbatan harakatini qoralab, ochiq xat yuborgan edi.
Xitoy vakili Chen Syuyning ta’kidlashicha, davlat tomonidan to‘g‘ri yo‘l tutilayotgani sabab, so‘nggi uch yil ichida mintaqada birorta terakt sodir bo‘lmagan.
Izoh (0)