Bojxona xodimlari O‘zbekistondan qorako‘l terilari noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida aytiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent—Saratov” yo‘lovchi poyezdining vagon-restorani belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natija ushbu vagonga yashirib qo‘yilgan, qiymati salkam 11 million so‘mlik 36 dona qorako‘l terilari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)