Toshkentning Mirobod tumani yashagan 35 yoshli T.N. boshqaruvidagi Matiz’ni Yangi Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Voqea 13-iyulga o‘tar kechasi, soat taxminan 3:30 da yuz bergan. Oqibatda Matiz haydovchisi T.N. va uning yo‘lovchisi — Yunusobod-18 mavzesida yashagan 32 yoshli J.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)