O‘zbekiston bo‘ylab 6-iyul kuni “Olimpiya kuni” keng nishonlandi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy saytida xabar berilishicha, mazkur tadbirda 2,5 million nafarga yaqin o‘zbekistonlik ishtirok etdi.
Dastlab Buxoro viloyati Ark qo‘rg‘onida “Olimpiya kuni” doirasida 10 ming kishi ishtirokida ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.
Shundan so‘ng “estafeta tayoqchasi” Samarqand, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarga navbati bilan o‘tib bordi.
Jumladan, Toshkentdagi turli xil istirohat bog‘larida tashkil etilgan ko‘ngilochar tadbirlar, markaziy xiyobondagi otlar paradi poytaxt aholisi uchun chinakam bayramga aylandi.
6-iyul kuni “Humo arena”da o‘tgan katta konsert dasturi esa O‘zbekistonda o‘tgan Olimpiya va sport haftaligining mantiqiy yakuni bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)