Joriy yil sentabr oyida Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi Hazza Ali al-Mansuriy rus kosmik kemasi bilan fazoga sayr qiladi, bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qiladi.
Bu astronavt musulmon bo‘lgani uchun xalqaro kosmik stansiyadagi fazogirlar oziq-ovqatini ta’minlovchi Space Food Laboratory shirkati musulmon kishi fazoda iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan halol oziq-ovqatlarni tayyorlab, kosmik stansiyaga jo‘natadi.
Birlashgan Arab Amirliklari kosmonavtini Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish 2018-yilda Rossiya bilan imzolagan kelishuvga muvofiq amalga oshirilmoqda. Hazza Ali al-Mansuriy rossiyalik kosmonavt Oleg Sribuschak va amerikalik astronavt Jessika Mir bilan birga “Soyuz-15” rusumli kosmik kemada fazoga yuboriladi. Al-Mansuriy Xalqaro kosmik stansiyasida sakkiz kun turadi va keyin yerga qaytadi.
Izoh (0)