O‘zbekiston Rossiyaga BTR-82A zirhli mashinalarini buyurtma qildi. Bu haqda “RIA Novosti” manbasi ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Rossiya tomonini buyurtma qilingan BTR-82A zirhli mashinalari komplektatsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi haqida xabardor qildi. Komplektdan Kalashnikov pulemyotlari, radiostansiyalar, dasturiy-apparat komplekslari chiqarib yuboriladi. Iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston qo‘shimcha BTR-82A turkumini buyurtma qilmoqchi”, — dedi manba.
Zirhli mashinalar soniga aniqlik kiritilmadi.
Ma’lumot uchun, ushbu mashinalar ayni paytda to‘rt davlat: Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Suriya qurolli kuchlari ixtiyorida mavjud.
Izoh (0)