Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘ida yangi “Shayx Shamsiddin” masjid o‘z faoliyatini boshladi. Masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov ishtirok etdi, deb xabar beradi “Muslim.uz”.
Ma’lum qilinishicha, avvallari qishloq aholisi masjid uchun 12 km uzoqlikdagi tuman markaziga borishga, marosimlar, to‘y-ma’rakalarda qiyinchilikka duch kelgan.
“Shu yilning o‘zida Toshkent shahrida “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzullaxo‘ja o‘g‘li Murodhoji”, Termiz shahrida “Hakim Termiziy” nomidagi yangi masjidlar ochilgani edi. O‘zbekistondagi masjidlar soni 2060 taga yetdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)