• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

    Bugun, 5-iyul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumani Ta’lim inspeksiyasi rahbariyati hamda barcha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, bu haqda  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga ma'lum qildi.

    Foto: Vazirlar Mahkamasi

    Foto: Vazirlar Mahkamasi

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyulda 515-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uzluksiz ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim sifati va o‘quv jarayonlari samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirib kelmoqda.Inspeksiya tomonidan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Bunga asosan, 2018—2019- o‘quv yilida jami 1687 maktabgacha ta’lim muassasalari davlat attestatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sentyabr—noyabr oylarida 269 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 183 tasi attestatsiyadan o‘tdi, 66 tasi attestatsiyadan shartli o‘tdi.

    Foto: Vazirlar Mahkamasi

    Foto: Vazirlar Mahkamasi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga muvofiq respublika bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali jami 4440 ta hujjat kelib tushdi va ko‘rib chiqildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra 1499 ta yangi litsenziya berilgan va qayta rasmiylashtirilgan.

    Ma’lumki, Ta’lim inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholashda xalqaro tadqioqtlarda ishtirok etish bo‘yicha Milliy markaz tashkil etilgan. O‘tgan yil Inspeksiya va OECD tashkiloti o‘rtasida “O‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro PISA dasturi”da ishtirok etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. “4-sinf o‘quvchilarining o‘qish va tushunish darajasini baholash PIRLS dasturi”da ishtirok etish bo‘yicha IEA bilan kelishuv imzolandi.

    Davlat inspeksiyasi tashkil etilgandan buyon 3980 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 3729 tasi (93,7%) akkreditatsiyalandi. (2017-yilda 673 ta; 2018-yilda 2046 ta; 2019-yilning 5 oyi davomida 1010 ta).

    2019-yilda mart—iyun oylarida attestatsiyadan o‘tadigan pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning http://pka.tdi.uz/- elektron bazasi yaratilgan bo‘lib, mazkur bazaga 80 mingga yaqin pedagog kadrlar haqidagi ma’lumotlar va attestatsiya natijalari kiritildi. Attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog kadrlar uchun 29 ta umumta’lim o‘quv fanlaridan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida savollar bazasi shakllantirildi. 2019-yil mart oyida pedagog kadrlar attestatsiya jarayonining test sinovlarida oliy, birinchi toifalariga jami 23118 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra ishtirok etganlarning 11249 (50%) nafari ijobiy natijalar, ya’ni amaldagi malaka toifasini oshirish yoki saqlab qolishga mos keladigan ko‘rsatkichlarni qayd etishgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori bilan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risdagi nizom” tasdiqlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan barcha hududlarda tasdiqlangan grafik asosida 956 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarda nazorat ishlari hamda so‘rovnomalar o‘tkazildi. Maktablar reytingi jarayoni 2019-yil 8—19-aprel kunlari tartib asosida olib borildi. Nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni to‘liq shaffof va sifatli o‘tishini ta’minlash uchun jami 57 ta ishchi guruh tuzilib, uning tarkibida 200 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bordi. Maktablar reytingi natijasi yangi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilinadi.

    O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sifatini oshirishning yana bir muhim yo‘nalishilaridan biri, ta’lim turlari bo‘yicha milliy malaka (kvalifikatsiya ramkalari) me’yorlarini ishlab chiqishda Rossiya tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasi xalqaro toifadagi eksperti (V.I.Skorobogatova) ishtirokida amaliy uchrashuv tashkil etildi va o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi.

    Mamlakat OTMlarda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida jami 71 ta OTM faoliyati o‘rganildi va kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Xususan, 26 ta OTM attestatsiyadan o‘tkazildi va barcha OTMlar faoliyati televideniyeda keng yoritildi. Shuningdek, OTMda kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalar ishlab chiqildi va nazoratga olindi. Inspeksiya o‘z faoliyatini boshlagandan buyon 7 ta OTM akkreditatsiyalandi, 12 ta OTM shartli o‘tdi va 1 ta OTM attestatsiyadan o‘tmadi. Jami 424 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 283 ta magistratura mutaxassisliklari attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 267 ta (62.9%) ta’lim yo‘nalishlari va 177 ta (62.5%) magistratura mutaxassisliklari attestatsiyadan o‘tdi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha esa jami 177 ta ixtisoslikdan 122 tasi (68.9 %) attestatsiyadan o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv majlisi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish bo‘yicha 4 ta ishchi guruh tuzildi va reja-grafik ishlab chiqildi.

    Bugungi kunda inspeksiya tomonidan amaldagi oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash metodikasini takomillashtirish maqsadida jahondagi yetakchi reyting agentliklari metodologiyasi o‘rganib chiqildi. Jumladan, QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) va THE (Times Higher Education) kabi nufuzli tashkilotlarning reyting tuzish metodologiyalari chuqur tahlil qilinib, ular asosida milliy oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholovchi 18ta indikatordan iborat takomillashtirilgan reyting tuzilmasi yaratildi.

    Davlat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchilar bilan o‘tkaziladigan so‘rovnoma jarayonini shaffof amalga oshirish uchun www.tdi.uz saytida onlayn platforma (anketa so‘rovi) ochildi. Joriy yilning 4—31-may sanalari oralig‘ida ushbu anketa so‘rovida 6000 ga yaqin ish beruvchilar ishtirok etib, bitiruvchi yosh mutaxassislar haqida o‘z fikr-mulofazalarini bildirdilar.

    Ma’lumki, joriy yilning 7-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi. Reyting natijalari 2019-yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining www.tdi.uz hamda http://reyting.tdi.uz saytida e’lon qilinadi.

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha 2019-yilning 1-yarim yilligida jami 7358 ta (2018 yilda 1073 ta) ariza qabul qilingan bo‘lib, shundan 6927 ta ariza davlat xizmatlari markazlari orqali; 431 ta ariza yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan va ekspert komissiyalariga maxsus ekspertiza uchun yuborilgan. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalashda taqdim etiladigan xujjatlar sonini amaldagi 5 tadan 2 taga kamaytirildi.

    “Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha Bitim” 2019-yil 30-may kuni Urganch shahrida imzolandi. Inspeksiya o‘z faoliyati Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Angliya, AQSh, Polsha, Turkmaniston va Fransiya kabi 20 tadan ortiq xorijiy davlatlarning elchixonalaridan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar oldi, 35 dan ortiq rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek AQSh, Rossiya, Fransiya, Malayziya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 10 dan ortiq rasmiy tashriflar tashkil qilindi.

    05.07.2019, 22:33   Izoh (0)   23738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident raisligidagi videoselektorda soliq islohotlari natijalari tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilandi

    05.07.2019, 21:52

    Surxondaryoda do‘pposlangan MIBchilar, Buxoroda yonib ketgan bozor, Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyadagi o‘rganish natijalari va kunning boshqa xabarlari

    05.07.2019, 21:39

    Rossiyadagi radiokanal tinglovchining so‘roviga ko‘ra Ma’murjon Uzoqovning qo‘shig‘ini qo‘yib berdi (video)

    05.07.2019, 21:00

    Moliya vazirligi: Andijonda tibbiyot buyumlari sotib olinishi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni respublika ishchi organi tekshirmoqda

    05.07.2019, 20:43

    Video: Samarqandda o‘spirin tramvay yo‘lovchilariga noma’lum suyuqlik sepib, ularni hushidan ketkazdi

    05.07.2019, 19:42

    Putin prezidentlik lavozimida o‘ziga davomchi qidirmoqda

    05.07.2019, 19:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhtasham dasturxon: sulton Sulaymon salomatligi yomonlashishiga qanday taomlar sabab bo‘lgan?

    Kino | 13 may, 14:55

    Toshkentda avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi qurilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 14:51

    Xitoy beshinchi avlod J-20 qiruvchisidan mingta ishlab chiqarish niyatida. Ekspertlar kuzatuvlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 may, 14:50

    “Manchester Siti” yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)

    Sport | 13 may, 14:45

    Zelenskiy Istanbulda faqat Putin bilan uchrashadi — Ukraina prezidenti ofisi

    Dunyo | 13 may, 14:30

    Mbappe va “PSJ” o‘rtasidagi mojaro keskin tus oldi

    Sport | 13 may, 14:02

    Google 10 yil ichida birinchi marta logotipini yangiladi

    Dunyo | 13 may, 13:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.