• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident raisligidagi videoselektorda soliq islohotlari natijalari tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat budjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Qariyb bir yil muqaddam, 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilingan edi.

    Mazkur konsepsiya amalda tatbiq etilishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida davlat budjetiga 39 trillion 118 milliard so‘m yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p mablag‘ tushdi. Prognoz 8 foiz ortig‘i bilan bajarilgani hisobiga, mahalliy hokimliklar ixtiyorida qo‘shimcha 2,8 trillion so‘m mablag‘ qoldirildi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va ijtimoiy to‘lovlar stavkasi keskin kamaytirilgani natijasida 570 mingdan ziyod yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.

    Lekin joylarda yangi soliq islohotlarini tizimli joriy etish, soliq tushumlarini ko‘paytirish va undirish borasida ayrim kamchiliklar ham uchrab turibdi.

    Masalan, bo‘sh turgan obyektlar va yer maydonlari negizida yangi korxonalar tashkil etib, soliqqa tortish bazasini kengaytirish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Ayrim hududlarda prognoz yirik korxonalar va avvaldan soliq to‘lash amaliyoti hisobiga ta’minlangan.

    Davlatimiz rahbari bu kabi holatlar oqibatida milliardlab mablag‘larni budjetga tushirish imkoniyati yo‘qotilganini ta’kidlab, tegishli vazirlik va hududlar rahbarlariga kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    2020-yil 1-yanvargacha soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilingani qayd etilar ekan, Davlat soliq qo‘mitasiga xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda, yil oxiriga qadar, soliq to‘lamaslik xavfini baholash imkoniyatiga ega elektron dastur yaratish vazifasi qo‘yildi.

    Joriy yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu yangi soliq islohotlarining o‘ta muhim ikkinchi bosqichidir.

    Farmonga muvofiq, shu paytgacha qo‘llanilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 2019-yil 1-oktabrdan boshlab bekor qilinadi. Bundan asosiy maqsad – ichki bozorda barcha tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

    Yig‘ilishda bu o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish bo‘yicha Bosh vazir rahbarligida tuzilgan Ishchi guruh shtabi va uning hududiy tuzilmalari ishini yanada jonlantirish vazifasi qo‘yildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tadigan tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklari bilan manzilli ish tashkil qilib, ularning buxgalteriyasini yuritishga amaliy yordam berish zarurligi ta’kidlandi.

    Prezident tadbirkorlardan soliq majburiyatini to‘liq bajarishni talab qilish bilan birga, ularning manfaatlarini himoyalash ham kerakligini qayd etdi.

    Masalan, hozirda tadbirkorlar xomashyoni qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan holda sotib oladi. Undan tayyor mahsulot ishlab chiqarib, sotganidan keyingina xomashyo narxidagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini kamaytiradi. Bungacha tadbirkor o‘z aylanma mablag‘laridan vaqtincha foydalana olmayapti.

    Shu bois davlatimiz rahbari mutasaddilarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir yo‘la hisobga olish va uni soliq to‘lovchiga qaytarish mexanizmini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Videoselektorda yana bir muhim masala – energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

    Oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz.

    Shu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

    Yig‘ilishda tariflarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlarni aholiga to‘liq yetkazish zarurligi ta’kidlandi. Soliq islohotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar o‘zgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    05.07.2019, 21:52   Izoh (0)   27406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda do‘pposlangan MIBchilar, Buxoroda yonib ketgan bozor, Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyadagi o‘rganish natijalari va kunning boshqa xabarlari

    05.07.2019, 21:39

    Rossiyadagi radiokanal tinglovchining so‘roviga ko‘ra Ma’murjon Uzoqovning qo‘shig‘ini qo‘yib berdi (video)

    05.07.2019, 21:00

    Moliya vazirligi: Andijonda tibbiyot buyumlari sotib olinishi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni respublika ishchi organi tekshirmoqda

    05.07.2019, 20:43

    Video: Samarqandda o‘spirin tramvay yo‘lovchilariga noma’lum suyuqlik sepib, ularni hushidan ketkazdi

    05.07.2019, 19:42

    Putin prezidentlik lavozimida o‘ziga davomchi qidirmoqda

    05.07.2019, 19:16

    Samarqandda “GAZel” yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi (video)

    05.07.2019, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL o‘yinlari 2030-yilga qadar O‘zbekiston hududida qaysi telekanalda namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 13:20

    Putin “do‘st bo‘lmagan” davlatlar messenjerini taqiqlamoqchi

    Dunyo | 18 iyul, 13:20

    “Bojxona — mamlakat darvozasi”. Dildora Nezametdinova bilan samimiy suhbat

    Ayollar sahifasi | 18 iyul, 13:14

    Yangi “Supermen” filmi chiqqach, odamlar ommaviy tarzda itlarni qaramog‘iga ola boshladi

    Qo‘ziqorin | 18 iyul, 13:05

    Namanganda bir necha bor pora olgan bojxona inspektori qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 12:57

    Pokistonda musson yomg‘irlari sabab so‘nggi 24 soat ichida 63 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 18 iyul, 12:53

    Jazirama kunlarda qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

    Maslahatlar | 18 iyul, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.