30-iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi O.R. vafot etdi.
O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, u Primorye o‘lkasida 2018-yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.
Ayni paytda bosh konsulxona konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan marhumning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)