Amerikada kuzatilayotgan anomal issiq harorat kuzatilmoqda. Shimoliy Karolina qirg‘oqlarida midiyalar o‘z chig‘anog‘ida pishib qolayotgan bo‘lsa, Janubiy Dakotada esa beton shosselar yorilib ketmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.
Bodega qo‘riqxonasida 15 yildan buyon ishlab kelayotgan Jeki Snosning takidlashicha, u shu vaqtga qadar bunaqa vaziyatga duch kelmagan.
“Maydonga kelganimda yuzlab midiyalar o‘lib yotganini ko‘rdim”, — deydi Snos.
Kuzatuvlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, gap yuzlab emas, o‘n minglab midiyalar haqida ketmoqda.
Vermillion va Janubiy Dakotada esa havo harorati 34,4 daraja Selsiyga yetgan. Namlikni hisobga olganda bu harorat 41,7 darajada Selsiydek tuyuladi. Shtatning yo‘l-patrul xizmati yo‘llarda betonlarning yorilib ketayotgani haqida haydovchilarni ogohlantirgan.
Izoh (0)