“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Samarqand — Buxoro, Buxoro — Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanganligini ma’lum qildi.
Bunga sabab esa respublikada kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi, deyiladi xabarda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnadorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh (0)