Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlahovich yozgi transfer oynasi yakuniga qadar jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda futbol insayderi Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik futbolchi klubning kelajakdagi rejalariga kiritilmagan. “Yuventus” rahbariyati yuqori maosh olayotgan o‘yinchilar sonini qisqartirishni rejalashtirayotgani sababli, Vlahovich bilan xayrlashishga tayyor. Shu sababli, 24 yoshli futbolchi yoz oxirigacha klubni tark etishi mumkin.
Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Vlahovich Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga taklif etilgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan, biroq “qizil iblislar” futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirsa, transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, Vlahovichning “Yuventus” bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida yakuniga yetadi. Hujumchi klub bilan yangi kelishuv imzolashni istamayapti. Shunday ekan, “Yuventus” rahbariyati uni erkin agent sifatida qo‘yib yubormaslik uchun yangi mavsum oldidan transfer qilishga harakat qilmoqda.
Izoh (0)