Respublika bo‘yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashda hamda xizmat ko‘rsatishda suvni ifloslantiruvchi moddalardan foydalanadigan, ularni kanalizatsiya va relyef joyga chiqarib tashlaydigan 13 490 ta korxonalar mavjud. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakillarining 1-iyul kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Ta’kidlanishicha, suvni ifloslantiruvchi moddalardan foydalanib, ularni kanalizatsiya va relyef joyga chiqarib tashlovchi korxonalarning 6 415 tasini umumiy ovqatlanish shoxobchalari tashkil etadi.
Shuningdek, 3 910 ta neft mahsulotlari bilan bog‘liq, 1 314 ta avtomobillarni yuvish, 772 ta qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash, 356 ta yog‘-moy ishlab chiqarish, 278 ta go‘shtni qayta ishlash, 207 ta alkogol va alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, 85 ta kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, 46 ta metallni qayta ishlash, 39 ta to‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash, 38 ta terini qayta ishlash, 30 ta unni qayta ishlash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud bo‘lib, ular kanalizatsiya va relyef maydonlarga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish xavfi katta korxonalar hisoblanadi.
Izoh (0)